Kontent qismiga oʻtish

Kosmos (kompleks dastur)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"KOSMOS" - 1) SSSRning Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) seriyalari, shuningdek kompleks dasturlar nomi. "K." dasturi zaryadlangan zarralar konsentratsiyasi, meteorologik kuzatishlar, biologik eksperimentlar, korpuskulyar oqimlar, radiotoʻlqinlarning tarqalishi, Yerning radiatsion mintaqalari, kosmik nurlar, Yer magnit maydoni, Yer atmosferasidagi bulutlar tizimi, kosmik fazo omillarining taʼsiri va boshqalarni oʻrganish; kosmosga uchish bilan bogʻliq texnik muammolarni, shuningdek kosmik apparatning kostruksiyasiga oid muhandislik masalalarini hal qilish va uni takomillashtirishni koʻzda tutadi. Ushbu dastur boʻyicha 1962-yil martdan beri YESY uchirilmokda; 2) "K." tipidagi YESYni orbitaga chiqarishda qoʻllaniladigan ikki bosqichli eltuvchi raketa.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil