Kosonsoy
Kosonsoy | |
---|---|
Kosonsoy Kosonsoy shahrida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 127 |
Suv sarfi | 11,6 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston va Qirgʻiziston |
Kosonsoy — Fargʻona vodiysidagi soy. Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasidan Chilquduqsoy nomi bilan boshlanib, sharq va jan.sharq yoʻnalishida oqadi. Oʻz. 154 km. Havzasining maydoni 1650 km², oʻrtacha balandligi 2347 m. Boshlanish yerida kichik muzliklar bor. Daryoning yuqori oqimi Qirgʻiziston hududida. Kosonsoy shahri yaqinida daryo togʻdan chiqib, adirlar orasidagi vo-diyda oqadi, jan. yoʻnalishda Toʻraqoʻrgʻon qishlogigacha borib, u yerda katta yoyilma hosil qiladi. Daryo suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi, faqat suvi koʻpaygan paytlardagina Sirdaryoga quyiladi. Qor-muzlik va yomgʻirdan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 9,81 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 5,94 l/sek km². Suvning yarmidan koʻprogʻi mart — sentabrda oqib oʻtadi.
Qirgʻizistonning Olabuqa tumani va Oʻzbekistonning Namangan viloyatini suv bilan taʼminlaydi. Daryoga Kosonsoy suv ombori qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |