Kosonsoy jome masjidi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kosonsoy jome masjidi -Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-a). Atrofi devor bilan oʻrab olingan maydonga qurilgan. Unga jan.dan peshtoqli darvozaxona, gʻarbidan ravoqli masjid (28,6x 10,8)ning naqshinkor eshigi orqali kiriladi. Gʻarbiy devoriga 3 qirrali mexrob ishlangan. Tashqi pogʻonali gumbazi ravokli qubbalar (burchaklaridan chiqarilgan)ga qoʻndirilgan. Bir-biri bilan kesishgan 4 ravoq yon qanotlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Ravoqlarning oʻzi esa alohida yoki devorga tutashib chiqqan gʻishtin ustunlarga tayanadi. Bino bezagida 2 xil (oq va novvot) rang koʻproq qoʻllangan. Darvozaxona ortiqcha hashamsiz, shinamgina, ammo ayni paytda shakli-shamoyili bilan ulugʻvordir. Peshtoqining yuqori qismi mayda tyoshik ravoqchalar tizmasi bilan bezatilgan, usti karniz bilan yakunlanib, darvoza atrofi yassi ravoqchalar bilan oʻralgan. Peshtoqining ikki burchagidagi ustungoʻsha yuqorisi qubba bilan tugallangan. 1993-yil ayvon, oʻquv xonalari va boshqa qoʻshimcha binolar qurilgan. Kosonsoy jome masjidi m. Fargʻona vodiysida yagona namozgoh uslubidagi bino hisoblanib, mahalliy meʼmorlarning qurilish faoliyatidagi mahorati yorqin aks etgan.[1]
Masjid qurilishi tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kosonsoydagi Jomeʼ masjidi qurilishiga XVII asrlarda Abdullaxon podsholigi yillarida asos solindi. Podshoning oʻzi-“Bismillohir rahmonir rahim” kalimasi bilan birinchi gʻishtni qoʻyib beradi. Masjid gʻishtlari ortib qolgach, uning roʻparasiga katta hammom qurib bitkaziladi. Shahar ulamolari toʻplanib, duo-i fotiha berilib masjid ish boshlaydi. Bundan yuz yil oldin masjid oldiga darvoza quriladi. Darvozaning gʻishtlari Oqqoʻrgʻondan olib keltirilgan edi. Sobiq sovet davrida avval omborxona keyinchalik esa maktab bo'ladi. Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan 1991-yilda ushbu inshoot yana masjidga aylantiriladi. Qurilishda sinch, pishgan gʻisht, ganch, yogʻoch ishlatilgan. Masjidda 84 ta hujra, gumbazli madrasa, oʻquvchilar xonalari bor. Masjid yangi binosi Aʼloxon Maxdum uyiga qurilganligi uchun 1992-yilda Aʼloxon Maxdum nomi berilgan. Peshtoq va gumbaz-lari naqshinkor, koshinkor, oʻymakorlik, ganchkorlik, nafis sanʼat bilan ishlangan. Bu yerda 8 ta xona boʻlib, kengligi 2m, balandligi 9m dan. Binoning kengligi 27m, balandligi 16m, gumbaz balandligi 27m. Masjidda 7500 kishi ibodat qiladi. Jomeʼ masjidi oʻz arxitekturasi va salohiyati bilan Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |