Kontent qismiga oʻtish

Kovrov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kovrov — Rossiya Federatsiyasi Vladimir viloyatidagi shahar, Klyazma daryosidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 162,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). V. A. Degtyaryov nomidagi zavod (yengil oʻt ochar qurollari, mototsikllar va boshqalar), ekskavator zavodi, toʻqimachilik fabrikasi, texnologiya instituti, Vladimir-Suzdal tarix-arxitektura va badiiy muzey-qoʻriqxona filiali bor. K. 12-asrdan maʼlum.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil