Kozue Ando

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kozue Ando
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi 安藤 梢
Tavallud sanasi 9-iyul 1982-yil (1982-07-09) (41 yosh)
Tavallud joyi Utsunomiya, TochigiYaponiya
Boʻyi 165 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Urawa Reds
Raqami 10

Kozue Ando (yapon:安藤 梢 1982-yil 9-iyulda tugʻilgan) — yaponiyalik futbolchi. Hozirda Ando Urava Reds safida klub futbol oʻynamoqda. U 2015-yilda yilgacha Yaponiya terma jamoasi tarkibida toʻp surgan. 2015-yilda esa Yaponiya terma jamoasidagi faoilyatini yakunlagan.

Klubdagi Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yapon futbolchisi Ando Kozue

Ando 1982-yil 9-iyulda Utsunomiyada tugʻilgan. 2002-yilda Tsukuba universiteti talabasi boʻlganida, u Saitama Reinas FC (keyinchalik Urava Reds)ga qoʻshilish uchun universitet klubini tark etgan. 2002-yilgi mavsumda u 10 ta gol urdi va «Yosh oʻyinchi» mukofoti bilan taqdirlandi. U eng yaxshi toʻpurarga aylandi 2004 va 2009-yillarda MVP mukofotiga loyiq deb topildi. Shuningdek, u 6 marta Best Eleven tomonidan tanlangan. 2010-yildan beri Germaniya Bundesligasining Duysburg, Frankfurt va Essen klublarida oʻynagan. Frankfurtda u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi 2014/15-mavsumida gʻolib chiqdi. 2017-yil iyun oyida u Yaponiyaga qaytib, Urava Reds safiga qoʻshildi.

Terma jamoadagi karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil iyun oyi, Ando 16 yoshga toʻlganida, 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Yaponiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Ushbu musobaqada u 26-iyun kuni Norvegiyaga qarshi debyut qildi. U toʻrt marta jahon chempionatida va uch marta yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ando finalda AQSHni penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2011-yilgi jahon chempionatida gʻalaba qozongan jamoa aʼzosi edi. Finalni Ando boshlab bergan[1]. Ando shuningdek, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medal[2] va 2015-yilgi Jahon kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. JCh-2015da Shveysariyaga qarshi birinchi oʻyinda u penalti ishladi, ammo oʻsha paytda u chap toʻpigʻini sindirib oldi. Bu oʻyin uning Yaponiya terma jamoasidagi soʻngi oʻyini boʻldi. 2015-yilgacha Kozue Ando Yaponiya terma jamoasi safida 126 oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ando Utsunomiya qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 2018-yil may oyida Tsukuba universitetida jismoniy tarbiya, salomatlik va sport fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Ando Dyusburg tarkibida

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Liga Qitʼa1 Umumiy
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Urawa Reds 2002 11 10 - -
2003 20 8 - -
2004 14 12 - -
2005 21 13 4 7 - - 25 20
2006 17 6 3 2 - - 20 8
2007 21 18 3 2 2 1 - 26 21
2008 21 13 2 1 - - 23 14
2009 21 18 4 1 - - 25 19
Umumiy 146 98 2 1 -
Duisburg 2009–10 10 6 3 1 - 2 0 15 7
2010–11 20 5 3 1 4 2 10 1 37 9
2011–12 17 6 2 3 - - 19 9
2012–13 11 2 2 1 - - 13 3
Umumiy 58 19 10 6 4 2 12 1 84 28
Frankfurt 2012–13 10 4 -
Umumiy 10 4
Karyerada umumiy 214 121 6 3 12 1

Terma jamoadagi statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ando 2011-yilgi jahon chempionatida
Yaponiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
1999 1 0
2000 5 0
2001 0 0
2002 5 0
2003 1 2
2004 6 1
2005 9 1
2006 16 3
2007 9 0
2008 16 3
2009 3 1
2010 8 6
2011 18 0
2012 13 0
2013 5 1
2014 4 0
2015 7 1
Umumiy 126 19

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1. 30-Iyul 2006-yil Hindmarsh Stadium, Adelaida, Australiya Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 1–3 2–3 2006 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
2. 31-May 2008-yil Thống Nhất Stadium, Hồ Chí Minh City, Vietnam Xitoy Taypeyi 3–0 11–0 2008 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
3. 2-Iyun 2008-yil Avstraliya 1–0 3–1
4. 22-May 2010-yil Chengdu Sports Centre, Chengdu, Xitoy Tailand 4–0 4–0 2010 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
5. 24-May 2010-yil Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 1–0 2–1
6. 30-May 2010-yil Xitoy 1–0 2–0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Urawa Reds Ladies[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • L.Liga gʻolibi 2004, 2009

Germaniya FCR 2001 Duisburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • DFB Pokal gʻolibi 2009/10-yillar

Germaniya Frankfurt[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • DFB Pokal gʻolibi 2013/14-yilar
  • UEFA Ayollar oʻrtasida chempionlar ligasi gʻolibi 2014/15-yillar

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati gʻolibi 2011-yil

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • MVP 2004, 2009
  • Best Eleven 2002, 2004, 2005, 2007, 2008, 2009
  • Eng yaxshi yosh oʻyinchi 2002

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]