Krablar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Krablar, kaltadum qisqichbaqalar (Brachyura) — oʻn oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub kenja turkum. Boshi kichkiva, koʻzi murakkab, antenna va antennulalari kalta. Boshkoʻkragi keng. Koʻkrak qalqonining kengligi 2—20 sm, baʼzan 60 sm gacha (yapon K.i). Oldingi juft oyoqlari qisqichli. Qorni kalta, boshkoʻkrak qismi ostiga egilgan. Erkagining 2 juft qorin oyoqlari kopulyativ organga aylangan. Urgʻochisi 4 juft oyoqlarida tuxumlarini olib yuradi. Chuchuk suvlarda, den-gizlarda, bir qancha turlari quruqli kda yashaydi. 4500 turi mavjud. Mayda sut emizuvchilar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi: tuxumidan zosa deb ataladigan lichinka chiqadi, lichinka metazosa va megalopa davrlarini oʻtib voyaga yetgan K.ga aylanadi. Bir qancha turlari, jumladan, Kamchatka krabi ovlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |