Krakatau
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Krakatau — Zond boʻgʻozida joylashgan harakatdagi vulqon, Indoneziyaning Yava va Sumatra o.lari oraligʻida. Maydoni 10,5 km² ga teng orolni vujudga keltirgan. Bazalt, andezit va riolitlardan tashkil topgan. Eng baland joyi 813 m. Vulkan ogzining diametri 4— 5,5 km. 1883-yil avgustda juda kuchli otilgan, vatijada vulkan konusining katta qismi qoʻporilgan va katta (18 km² dan ortik) hududni vulkan koʻli qoplagan. Vulkan otilishi natijasida yuzaga kelgan dengiz toʻlqini atrofdagi orollarning koʻplab aholisini halok boʻlishiga sabab boʻlgan. Soʻnggi marta 1972— 73 yillarda otilgan. Krakatau qoʻriqxonasi tashkil etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |