Kontent qismiga oʻtish

Krakov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Krakuvdan yoʻnaltirildi)
Qasr
Lajkonik

Krakov, Krakuv — Polshaning jan. qismidagi shahar, Visla daryosi boʻyidagi port. Krakov voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 740,6 ming kishi (1999). K. ga 8—10-asrlarda asos solingan. 11 — 16-asrlarda Polsha davlati poytaxti. Oʻrta asrlarda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1809—15 yillarda Varshava gersogligi tarkibida, 1815—46 yillarda Krakov Respublikasi markazi boʻlgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik (jumladan, ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika) sanoatlari rivojlangan. Kimyo, sement, mebel, koʻn-teri, tikuvchilik, farmatsevtika, parfyumeriya, poligrafiya, tamaki, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1364) va boshqa oliy oʻquv yurtlari, konchilik metallurgiya akademiyasi, Milliy va badiiy muzeylar, teatrlar bor. K. — turizmning yirik markazlaridan. K.ning qad. qismi — Vislaning chap sohilidagi Navel tepaligida. Meʼmoriy yodgorliklaridan Bibi Maryam Kapellasi (10-asr), qirol qasri (13— 17-asrlar), kostyollar, Polsha Fanlar akademiyasi binosi va boshqa saqlangan. K.da kinofestivallar va xalqaro koʻrgazmalar oʻtkazilib turiladi. K.ning tarixiy markazi Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil