Kontent qismiga oʻtish

Kramer Gabriyel

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Cramer Gabriel (1704. 31.7, Jeneva — 1752.4.1, Banol, Fransiya) — shveysariyalik matematik. Asosiy ishlari oliy algebra va analitik geometriyaga oid. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish usuli — Kramer qoidasini topgan (1750) hamda determinantlar nazariyasiga asos solgan. Shuningdek, Kramer algebra nazariyasi boʻyicha yuqori tartibli egri chiziqlarni tekshirgan (alohida nuqtalarni tekshirish va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil