Kontent qismiga oʻtish

Kreatin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kreatin (yun. kreas - goʻsht, et) -organik modda. Mol. m. 131,14, suyuqlanish temperaturasi 315°. Suvda va spirtda eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul toʻqimasida (ayniqsa, koʻndalang targʻil muskullarda) koʻp. Nerv toʻqimasi, qon, jigar, buyrakda ham bor. Kreatinfosfat kislota tarkibiga kiradi; organizmda moddalar almashinuvida, muskul va miya faoliyatida muhim ahamiyatga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil