Kontent qismiga oʻtish

Kreyg Pitchett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yakob Ogor
Jacob Aagaard

Kreyg Pritchett 2016-yil
Tugʻilgan sanasi: 15-yanvar 1949-yil
Tugʻilgan joyi:  Shotlandiya
Yashash joyi:  Shotlandiya
Unvoni: Xalqaro miqyosdagi Sport ustasi (1976)
Maksimal reytingi: 2425 (1977-yil, yanvar)
Hozirgi reytingi : 2326(2017-yil, may)

Kreyg Uilyam Pritchett (1949-yil 15-yanvar, Glazgoda tugʻilgan, Shotlandiya) — shotlandiyalik shaxmat boʻyicha xalqaro sport ustasi, qator shaxmatga oid kitoblar muallifi. U Allan Glen maktabida taʼlim olgan[1][2][3] shuningdek, shaxmat klubining taniqli aʼzosi boʻlgan hamda maktab shaʼnini bir necha turnirlarda himoya qilgan. U 1966-1990yillarda – shaxmat olimpiadalarida Shotlandiy sharafini 9 marta himoya qilgan. U ikki marta (1977 va 2005 yillarda) Shotlandiya shaxmat chempionatida gʻolibchiqqan hamda ikkita Hududiy turnirda (1972 va 1975) oʻynagan. Shu bilan birga, u shaxmat murabbiyi.

Shotlandiya terma jamoasi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pritchett Shotlandiyani 1968-1970 – talabalar olimpiadalarida uch marta himoya qilgan. Quyida uning batafsil natijalari, olimpbase.org saytidan:

  • Ybbs 1968, -1-doska, 3/10 (+1 =4 −5);
  • Drezden 1969, 2-doska, 4,5/8 (+2 =5 −1);
  • Hayfa 1970, 2-doska, 2/9 (+1 =2 −6).

Pritchett 1966 – 1990-yilgacha Shaxmat Olimpiadalarida 9 marta Shotlandiyani va 1980-yilda Maltani himoya qilgan.Uning batafsil natijalari, olimpase.org saytidan. Uning117 ta oʻyindagi umumiy koʻrsatkichi (+43 =46 −28), 56,4 foiz.

Shotlandiya chempioni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pritchett ikki marta Shotlandiya chempioni boʻlgan. 1976-yilda xalqaro sport usta unvoniga sazovor boʻlgan. Uning batafsil natijalari:[4]

  • Bearsden 1972, 4,5/7, 1-3 oʻrinlarni tenglashtirgan;
  • Glasgo 1977, 5,5/7, 1-o‘rin;
  • 1995 yil, 5,5/9, 4-o‘rin;
  • Oban 1996, 5/9.
  • Oban 2005, oʻyinni 2-oʻrin, Yakob Ogor „hors concours“ oʻynagan, ammo unvonga Pritchett sazovor boʻlgan[5].

Britaniya shaxmat chempionatidagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pritchett Britaniya shaxmat chempionatida koʻp marotaba qatnashgan, odatda yaxshi natijalarga erishgan va ikki marta Hududiy turnirlarga yoʻllanma olgan. Batafsil:[4]

  • Bristol 1968, 6,5/11; 7-11-oʻrinlar;
  • Blekpul 1971, 7/11, 1972-yili Caorleda Hududiy saralash oʻyinlarida 6,5/17 toʻplagan;
  • Brighton 1972, 5,5/11;
  • Eastbourne 1973, 6/11;
  • Morecambe 1975, 6.5/11, 6-9-oʻrinlar qoʻlga kiritib, Pula 1975da Hududiy turnirga yoʻllanma oldi, u yerda u avvalgi koʻrsatkichini 7-9-oʻrin uchun 7.5/14 bilan yaxshiladi, ammo hududlararo bosqichga chiqa olmadi;
  • Brighton 1977, 5,5/11;
  • Brighton 1980, 5,5/11;
  • Sautport 1983, 6/11;
  • Edinburg 1985, 6,5/11;
  • Sautgempton 1986, 5,5/11;
  • Suonsi 1987, 7/11, 6-oʻrinni egallagan;
  • Blekpul 1988, 4,5/10.

Qoʻllanmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pritchett Denni Kopek bilan hammualliflikda "Yosh grossmeysterlarning eng yaxshi oʻyinlari" (Bell and Howell, London 1980) kitobini yozgan. Pritchett Nimzo Indian 4.e3: Nimzowitsch, Hubner va Taimanov Variatsiyalari (Batsford 1980) ni yozgan. Kopec bilan hammualliflikda — Shaxmat olamidagi daʼvogarlar va ularning uslublari (2002) nomli kitobini chiqaradi. Biroz vaqt oʻtib Starting Out: Sitsiliya Scheveningen kitobini 2006-yilda nashr ettirdi, Ushbu kitobning birinchi nashrini 1977-yilda yozilgan. 2008-yil yanvar oyida Pritchett 2008 yil yanvar oyida Pritchett „Play English: The Complete Chess Opening Repertuire for White“ kitobini chop etdi. Pritchett Glasgow Herald gazetasida shaxmat o'yinlarini sharhlab boradi.

  1. „Archived copy“. www.allanglens.com. 2005-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  2. „Archived copy“. www.allanglens.com. 2005-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  3. „Chess - the Scotsman“. www.scotsman.com. 2005-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Chessmetrics Player Profile: Craig Pritchett“.
  5. „Chess: The Year 2005 in Review“. chess.about.com. 2005-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.