Kontent qismiga oʻtish

Kristallografiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kristallografiya (kristallar va ... grafil) — kristallarning tuzilishi haqidagi fan; kristallarning paydo boʻlishi, tuzilishi, fizik xossalari, ularda boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadi. K. ning vazifasi kristallarni tasniflash, ularni oʻrganishning maxsus usullarini ishlab chiqish va amalda ishlatish yoʻllarini izlab topishdan iborat. Kristallarning harakterli xususiyatlari ularning simmetriyasidir. Kristallarning simmetriyasi ularning shaklida, strukturasida va boshqa xususiyatlarida oʻz aksini topadi. K. matematika, fizika, kimyo, mineralogiya, metallshunoslik, texnika (radiotexnika, mexaniqa) fanlari bilan bevosita bogʻliq. K. qadimdan mineralogiya bilan uzviy bogʻlanib, kristallarni qirralash qonunlarini oʻrganuvchi mustaqil fan sifatida rivojlangan.

Zavonaviy K. 5 ta asosiy boʻlimlarga boʻlinadi: geom yetrik K. — kristallarning simmetriya™, strukturasi va morfologiyasini oʻrganadi; kristallogenez — kristallarninghosil boʻlishi va oʻsishini tekshiradi; kristallofizika — kristallarning optik, elektrik, mexanik, magnit va boshqa xossalarini tadqiq qiladi; kristallokimyo — kristallik moddalarning kimyoviy tarkibi, strukturasi, xossalari va morfologiyalari orasidagi bogʻlanish qonuniyatlarini, shuningdek, ularning qosil boʻlish jarayonlari va qonuniyatlarini oʻrganadi; amaliy K. — kristallarni oʻstirish usullari va apparaturalarini ishlab chiqadi hamda ulardan texnikada foydalaniladi. K. ning asosiy tekshirish usullariga goniometrik, kimyoviy, optik, rentgenostrukturaviy, elektronografik, neytronografik, kristallokimyoviy analizlar, kristallarni oʻstirish hamda ularni oʻlchash va boshqa kiradi.

Hozir bir qancha ilgor mamlakatlarda radiotexnika, elektronika, lazer texnikasi sohalarida keng ishlatiladigan pyezokvars (billur), yoqut va shahri k. kristallarni lab. va zavod sharoitida yaratilmoqda. Hozirgi kunda yangi yoʻnalish — kosmik K. rivojlanmokda.

  • Sovremenvaya kristallografiya, t. 1, M„ 1979.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil