Kontent qismiga oʻtish

Kristallokimyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kristallokimyo, kristallar kimyosi — kristallarning strukturasi va xususiyatlari ayvan shu kristallarning kimyoviy tarkibiga bogʻliqligini oʻrganadigan fan. K. kristallografiya bilan uzviy bogʻlangan. Kristallar strukturasini muntazam tadqiq qilish 1912-yilda kristall panjarasida rentgen nurlari difraksiyasi hodisasi kashf qilingandan keyin boshlandi. Modda strukturasini aniqlashning asosi — bu Ye. S. Fyodorov tomonidan ishlab chiqilgan simmetriyaning fazoviy guruhi nazariyasidir.

Kristallar strukturasining difraksion (rentgenostruktura, elektronografiya, neytronografiya, messbaer va boshqalar) metodlari yordamida strukturaning geometrik tavsifini bilishga imkon beruvchi tajribaviy aniqlash maʼlumotlariga asoslanadi. K. boʻyicha maʼlumotlar Yer poʻstining ashyoviy tarkibini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan (mineralogiya, petrografiya, foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi taʼlimot, geokimyo) barcha geol. fanlarining asosini tashqil etadi. K. minglab kimyoviy moddalarning kristallik strukturasi haqidagi maʼlumotlarni qamrab olgan. Odatda, har bir kristalli modda oʻziga xos strukturaga ega. Birok, turli moddalar (mas, NaCl va KS1, Vg2 va S1,)ning strukturalari ayvan oʻxshash. Bunday moddalar koʻpincha aralash kristallarni hosil qiladi (qarang Izomorfizm). Ayni vaqtda bitta kimyoviy moddaning oʻzi turli sharoitlarda har xil tuzilishga ega boʻlishi mumkin (qarang Polimorfizm).

K.da kristalli strukturalarni gomodesmik (koordivatsion) vageterodesmik strukturalarga boʻladilar. Birinchisida barcha atomlar fazoviy karkas hosil qilib bir xil kimyoviy bogʻlar orqali birlashgan. Biroq kristalli moddalar koʻp holdarda geterodesmik strukturaga ega. Uning oʻziga xos tomoni — strukturali fragmentlari boʻlib, ularning ichida atomlar oʻzaro mustahkam bogʻlangan. Bu fragmentlar atom, zanjir, katlam, karkaslarning oxirgi guruhlaridan iborat boʻlishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda orolli, zanjirli, katlamli va karkasli strukturalar farq qilinadi. Deyarli barcha organik birikmalar va galogenlar kabi boshqa noorganik moddalar ham orolli strukturaga ega. Molekulalar "orollar" vazifasini bajaradi, shu bois bunday kristallarni molekulyar kristallar deb ataladi. Atomlarning oʻzaro (gomodesmik strukturalar misolida) yoki struktura fragmentlari orasidagi (geterodesmik strukturalarda) bogʻlanish harakteri boʻyicha kovalentli, ionli, metalli va molekulyar kristallar farq qilinadi. Soʻnggi guruh eng koʻp tarqalgan. Bunday guruhlarga boʻlish bir qadar shartlidir, chunki kristallar asta-sekin bir guruhdan boshqa guruxga oʻtib turadi. Biroq turli guruhga mansub tipik vakillari xususiyatlari bilan oʻzaro jiddiy farq qiladi.

K. minerallar va ularning kristallik tuzilishining fizik, kimyoviy va genetik tavsifi oʻrtasidagi miqdoriy aloqalarni oʻrganish bilan minerallar tasnifi uchun nazariy asos yaratadi. Har xil genezisli minerallar kristallari (nuqsonli, izomorf tarkibli, stexometrik va hokazo)ning strukturaviy tavsifi variatsiyalari tipomorf belgilar sifatida foydalaniladi. K.da yangi yoʻnalish — turli geologik formatsiyaga oid togʻ jinslaridagi minerallar evolyusiyasini K. nuqtai nazaridan oʻrganuvchi geokristallokimyo vujudga keldi. K.ning oldindan belgilangan xususiyatlarga ega boʻlgan moddalarni sintez qilish muammolarini hal qilishda roli katta boʻldi. Bu hozirgi zamon texnikasida qoʻllaniladigan yangi materiallar yaratishda juda ahamiyatli.

  • Bokiy G. B., Kristalloximiya, 3 izd., M, 1971; Povarennix A. S, Kristalloximicheskaya klassifikatsiya mineralnix vidov, Kiyev, 1966.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil