Kontent qismiga oʻtish

Kristoffer von Hassel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kristoffer von Hassel
Tavalludi 2008-yil
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Oʻquvchi

Kristoffer Vilgelm von Hassel (2008-yilda tugʻilgan) – dunyodagi eng yosh taniqli xaker[1] sifatida tanilgan amerikalik bola. Microsoft texnologiyalari markazida xavfsizlikdagi zaiflikni fosh qilgan eng yosh „tadqiqodchi“ sifatida tanilgan[2]. Besh yoshida Hassel Microsoft Live Xbox tizimidagi kamchiliklarni fosh qildi. Bu esa ommaviy axborot vositalarida shov-shuvga sabab boʻldi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hasselning otasi kompyuter xavfsizligi sohasida ishlaydi. Ular Kaliforniyaning Ocean Beach shahrida yashaydilar[3]. 2014-yil aprel oyi boshida ommaviy axborot vositalari Hassel haqida gapirishni boshlaganida u bolalar bogʻchasiga borar edi[4].

Xakerlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Besh yoshli Xassel video oʻyinlar oʻynashni hohlagan. Lekin ota-onasining nazorati bunga toʻsqinlik qilganidan soʻng, parollarning turli kombinatsiyalarini sinab koʻrish orqali Xbox Live tizimiga buzib kirishga harakat qildi. Oxir-oqibat, u xavfsizlikdagi xatolikni topdi. Bu Hasselga birinchi navbatda notoʻgʻri parolni kiritishga, keyin esa keyingi ekranda tizimni qulfdan chiqarish uchun moʻljallangan maydonga kirishga imkon berdi[5]. Xavfsizlikdagi „yoriq“dan foydalangandan soʻng, Hasselning ota-onasi cheklangan video oʻyinlarni oʻynayotganini koʻrishdi va undan qanday qilib kirganini soʻrashdi. Hassel ularga koʻrsatgandan soʻng, Devis Microsoft bilan bogʻlanib, xavfsizlikdagi muammo haqida xabar berdi[6]. Microsoft javob berdi: „Biz har doim mijozlarimizni tinglaymiz va muammolarni eʼtiborimizga havola qilgani uchun ularga rahmat. Biz Xbox’dagi xavfsizlikka jiddiy yondashamiz va bu haqda xabar topishimiz bilan muammoni hal qilamiz“. Shuningdek, ular Hasselga Microsoft Live Gold-ga bir yil davomida bepul obuna, toʻrtta video oʻyin va 50 AQSh dollarini taqdim etdilar[7].

Microsoft oʻz veb-saytida Hasselni eng yosh tadqiqotchilardan biri sifatida qayd etdi[5]. Sahifada xavfsizlik boʻyicha tadqiqotchilar sifatida koʻrsatilgan odamlar orasida u „eng gʻayrioddiy, ammo, ehtimol, eng muhimi“ deb nomlangan[8][9].

Devisning taʼkidlashicha, Hassel besh yoshida uch yoki toʻrtta boshqa „buzgʻunchilikni“ oʻrgangan. Jumladan, smartfon ekrani qulflarini buzib kirishni ham oʻrgangan[10].

  1. Thomas, Karl. „5 child geniuses destined for a career in cybersecurity“. WeLiveSecurity. ESET (2015-yil 11-avgust). Qaraldi: 2016-yil 28-oktyabr.
  2. Castillo, Michel del. „5-year-old hacker lends Microsoft a hand“. Upstart Biz Journals (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.
  3. Molina, Brett. „5-year-old discovers Xbox security flaw, Microsoft rewards him“. The Sydney Morning Herald (2014-yil 5-aprel). Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.
  4. Callaham, John. „5-year-old boy finds Xbox One security flaw, Microsoft rewards him with free games“ (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2014-yil 8-aprel.
  5. 5,0 5,1 Castillo, Michel del. „5-year-old hacker lends Microsoft a hand“. Upstart Biz Journals (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2014-yil 23-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "del1" defined multiple times with different content
  6. Ecarma, Jordan. „5-YEAR-OLD HACKS XBOX LIVE TO ACCESS LOCKED GAME“. Auto World News (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.
  7. Mosely, Jared. „Kindergarten hacker: 5 year old breaks into dad's Xbox Live account“. Venture Beat (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2014-yil 8-aprel.
  8. Syeda, S. „Microsoft Xbox Security Flaw Exposed by Five Year Old“. The News Reports (2014-yil 7-aprel). 2014-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.
  9. Merva, Nick. „5-year-old Ocean boy exposes Microsoft Xbox Vulnerability“ (2014-yil 7-aprel). Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.
  10. Gross, Doug. „5-year-old boy hacks dad's Xbox account“. CNN (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2014-yil 8-aprel.