Krivoy Rog temir ruda havzasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Krivoy rog temir ruda havzasi — dunyodagi ulkan temir ruda havzalaridan biri. Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Ingulets, Saksagan va Jyoltaya daryolari boʻylab joylashgan. Temir rudalarning sifati va zahiralari boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlarda turadi. Eniga 2–7 km masofaga ega boʻlgan temirli havza NikoloKozelsk st-yasidan shim.ga tomon 100 km ga choʻzilgan.
Havzadagi rudali kvarsitlar temirga boy boʻlib, magnetitli va temirli kvarsit turlariga boʻlinadi. Birinchisida temirning miqdori 46—47% ni, temirli kvarsitlarda esa 25—45% ni tashkil qiladi. Temirli kvarsitlar saralanib, tarkibida 60% temir boʻlgan konsentratlar olinadi.
Ruda ochiq usulda (umumiy ishlab chiqarishning 80%) va yer osti uslubda qazib chiqariladi. Kondan yiliga 104 mln. t dan tovar rudasi qazib olinadi (1984). Ruda Ukraina qora metallurgiyasi ehtiyojlari uchun foydalaniladi hamda boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Krivoy Rogda temir rudalar negizida kon va metallurgiya sanoati korxonalari bilan birgalikda, mashinasozlik, kokskimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bir qancha ilmiy tadqiqot institutlarini oʻz ichiga oluvchi ixtisoslashgan sanoat majmuasi tashkil qilingan. Havzasi 1881-yildan boshlab oʻzlashtirilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Volfson F. I., Druji n i n A. V., Glavneyshiye tipi rudnix mestorojdeniy, M., 1982.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |