Kontent qismiga oʻtish

Krot uyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Krot uyasi yoki Krot tuynugifazo-vaqtning topologik xususiyati boʻlib, vaqtning har bir lahzasi kosmosdagi „tunnel“ hisoblanadi. Bu soxalar ham bir-biriga bogʻlangan boʻlishi mumkin, ham krot uyasiga oʻxshab bitta boʻshliqning maydonlarini ifodalaydi (2-rasmga qarang), ham bir-biridan butunlay ajratilgan boʻlib, bir-biriga faqat krot uyasi orqali bogʻlangan alohida boʻshliqlarni ham ifodalaydi.

Krot uyalari umumiy nisbiylik nazariyasiga mos keladi. Krot uyasi tushunchasi, jumladan uning nomi (chuvalchang teshigi) fizikaga amerikalik fizik Jon Archibald Uiler tomonidan kiritilgan.

Vizualizatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Krot uyasi teshigining ikki oʻlchovli qismi (vaqt va bitta burchak koordinatasi koʻrsatilmagan) boʻyin bilan bogʻlangan ikkita ogʻiz (teshik) boʻlib, ular koinotning bir-biridan uzoq boʻlgan qismlariga ochiladi.

Krot uyasini soddaroq tushunish uchun makon ikki oʻlchovli (2D) sirt sifatida tasvirlanadi. Bunday xolda krot uyasi ikki oʻlchamli yuzadan uch oʻlchamli trubkaga (silindning ichki yuzasi) oʻtib, undan yana teshik bilan ikki oʻlchamli yuzada teshik bilan chiqish joyiga oʻxshaydi. Real krot uyasining oʻziga xosligi shundaki, unda makon oʻlchamlari soni uchta boʻladi. Misol uchun, 2D tekislikdagi dumaloq kirish va chiqishlar oʻrniga, 3D fazoda uch oʻlchamli sferalar boʻladi.

Krot uyalari haqida tasavvur qilishning oson yoʻli quyidagicha — qogʻoz varagʻini olib, varaqning bir tomoniga bir-biridan uzoq boʻlgan ikkita nuqta chizing. Bunda qogʻoz varagʻi fazo-vaqt uzluksizligidagi tekislikni, ikki nuqta esa bosib oʻtiladigan masofani ifodalaydi. Biroq, nazariy jihatdan, agar siz ushbu tekislikni nuqtalar bir-biriga tegishi uchun buklasangiz, krot uyasi bu ikki nuqtani bogʻlashi mumkin. Ikki nuqta hozir bir-biriga tegib turganligi sababli masofani bosib oʻtish ancha oson boʻladi.

Umumiy nisbiylik nazariyasida krot uyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy nisbiylik nazariyasi (GR) bunday tunnellarning mavjudligiga imkon beradi, garchi oʻtish mumkin boʻlgan krot uyasi mavjudligi uchun u manfiy energiya zichligiga ega boʻlgan ekzotik materiya bilan toʻldirilgan boʻlishi kerak boʻlsa ham[1], bu kuchli gravitatsion itarish kuchini xosil qiladi va krot uyasi buzilib ketishini oldini oladi. Krot uyasi tipidagi yechimlar kvant gravitatsiyasining turli versiyalarida paydo boʻladi, garchi bu masala haligacha toʻliq oʻrganilmagan boʻlsa ham.

Krot uyasining eng tor qismiga yaqin joy „tomoq“ deb ataladi. Krot uyalari „dunyo ichidagi“ (inglizcha: intra-universe) va „dunyolararo“ (inglizcha: inter-universe) ga boʻlinadi, uning kirishlari boʻyinni kesib oʻtmaydigan egri chiziq bilan bogʻlanishi mumkinligiga qarab.

Shuningdek oʻtish mumkin boʻlgan (inglizcha: traversable) va oʻtib boʻlmaydigan krot uyalari mavjud. Ikkinchisiga kuzatuvchi yoki signal (yorugʻlik tezligidan yuqori boʻlmagan) bir kirishdan ikkinchisiga oʻtish uchun juda tez kollapslanadigan tunnellar kiradi. Oʻtib boʻlmaydigan chuvalchang teshigining klassik namunasi — Shvartsshildning maksimal kengaygan fazosidagi Eynshteyn-Rozen koʻprigi va oʻtish mumkin boʻlgan krot uyasiga esa — Morris-Torn krot uyasi misol boʻla oladi.

Oʻtish mumkin boʻlgan dunyo ichidagi krot uyasida uning kirish joylaridan biri boshqasiga nisbatan harakatlansa yoki vaqt oʻtishi sekinlashgan kuchli tortishish maydonida boʻlsa, bu uya boʻylab vaqt sayohatining gipotetik imkoniyati mavjud boʻladi[2]. Shuningdek, krot uyalari gipotetik tarzda yulduzlararo sayohat qilish imkoniyatini yaratishi mumkin va shuning uchun krot teshiklari koʻpincha ilmiy fantastikada uchraydi.

  1. „Космос-журнал: Кротовая нора“. 2012-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-noyabr.
  2. Grin, Brayan. Tkan kosmosa. Prostranstvo, vremya i tekstura realnosti. — M.: Knijniy dom „LIBRKOM“, 2009. Str. 464-471.