Kontent qismiga oʻtish

Kseniya Sobchak

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kseniya Anatolyevna Sobchak (1981-yil 5-noyabrda, Leningrad) — rossiyalik jurnalist, televideniya  va radio boshlovchisi, aktrisa, ssenariynavis, kino va televideniya prodyuseri. Sankt-Peterburgning birinchi meri Anatoliy Sobchak (1991-1996) va senator Lyudmila Narusovaning qizi.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U bir qator teledasturlarning boshlovchisi bo'lgan, jumladan, "Dom-2" (TNT), "So'nggi qahramon" (Birinchi kanal). "Kumush yomg'ir" radiostansiyasida "Barabaka va kulrang bo'ri" dasturining boshlovchisi edi. 2019-2020-yillarda Super TV kanalining bosh prodyuseri.  2019-yildan buyon YouTube’da o'zining “Diqqat: Sobchak” shaxsiy kanalini boshqarib keladi (2022-yil noyabr holatiga ko‘ra) 3,22 million obunachi va 679 million ko'rilgan.

2012-yil 22-oktabrdan 2013-yil 19-oktabrgacha u Rossiya muxolifati muvofiqlashtiruvchi kengashi aʼzosi bo'lgan. “Fuqarolik tashabbusi” partiyasi siyosiy kengashi a’zosi.  2018-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidentligiga nomzodini qo'yib, 1 237 692 (1,68%) ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Rossiya va Isroil fuqaroligiga ega.

1981-yil 5-noyabrda Leningradda(hozirgi Sankt-Peterburg shahri) tug'ilgan. Otasi Anatoliy Aleksandrovich Sobchak Leningrad davlat universiteti yuridik fakulteti dotsenti (keyinchalik 1991-1996 yillarda Sankt-Peterburg meri). Onasi tarix fani oʻqituvchisi Lyudmila Borisovna Narusova. Ota tomondan Kseniya polyak, chex, rus va ukrain, ona tomondan rus va yahudiy ildizlariga ega.

Kseniya Sobchak 185-sonli oʻrta maktabda ingliz tilini chuqur oʻrgangan va A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti qoshidagi maktabni tamomlagan.3-sinfgacha Kseniyaning oilasi Kustodiyeva ko'chasidagi 20-uyda yashagan.

Sobchakning otasi Anatoliy Aleksandrovich qizini Sankt-Peterburg davlat universitetining yuridik fakultetiga kirishini xohlaydi, ammo qarama-qarshilik hissi tufayli Kseniya 1998-yilda xalqaro munosabatlar fakultetini tanladi.  2001-yilda, otasi vafotidan so'ng, Sobchak Moskvaga ko'chib o'tdi va MDXAI xalqaro munosabatlar fakultetiga o'qishini ko'chirdi. 2002-yilda u xalqaro munosabatlar bo'yicha bakalavr darajasini, 2004-yilda MDXAI Siyosatshunoslik fakultetida magistr darajasini oldi, u yerda Rossiya va Fransiyadagi prezidentlik institutlarida ilmiy ishini himoya qildi.

2019-yil 13-sentyabrda Kseniya Sobchak aktyor Konstantin Bogomolov bilan turmush quradi.  Ularning to'ylariga RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov va uning rafiqasi, figuristka Tatyana Navka tashrif buyurishadi.