Kontent qismiga oʻtish

Ksilema

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ksilema (ksilo...) — quruqlikda oʻsadigan oʻsimliklarning suv va mineral tuzlarni ildizdan yuqoriga oʻsimlik boʻylab oʻtkazuvchi toʻqimasi.K. tutash qalqalar yoki oʻtkazuvchi naycha tolalari bogʻlami holida joylashadi, K. asl oʻtkazuvchi (traxeidlar va traxeyalar, yaʼni naychalar) va mexaniq (libroform) hujayralardan hamda yogʻoch va nursimon parenximadan iborat. K. hamma hujayralarining devori yogʻochlanadi. Asl K. qirqquloqsimonlar, ochiq urugʻlilar va gulli oʻsimliklarga xos. Koʻp yillik poya va ildizlar K.si koʻpincha, yogʻoch deb ataladi. Birlamchi K. prokambiydan, ikkilamchi K. esa kambiydan hosil boʻladi[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil