Ktubba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ktubba (ko‘p. ktubbot)- yahudiylikda erkak bilan ayolning nikoh qurishga roziligini tasdiqlovchi hujjat. Mil. avv. 449 yilga oid Elifantina yahudiy jamoasiga tegishli bo‘lgan, oromiy tilida yozilgan papirusda orasidan yozma nikoh shartnomasi topilgani Ktubbalar Ikkinchi Ibodatxona davrining ilk bosqichlarida tuzila boshlanganini ko‘rsatadi.Ktubbaning deklarativ qismida nikoh qayd etilayotgan joy va sana, nikohlanayotganlarning va otalarining ismlari, er kishi tomonidan ayol kishiga nikohga chiqishlik to‘g‘risidagi taklif hamda uni e’zozlash, ro‘zg‘orni tebratish, erlik vazifalarini bajarish, agar oila buzilish holatiga kelsa, tuzilayotgan ktubbada belgilangan miqdordagi pulni berish kabi mas’uliyatlar belgilab qo‘yiladi. Ktubbaning bu qismi ayolning roziligi bilan yakunlanadi.Talmudda er ayoliga to‘lashi lozim bo‘lgan pulning eng kam miqdori etib turmush qurmagan bokira ayolga 200 zuz, beva yoki ajrashgan ayolga 100 zuz etib belgilangan (zuz Mishna davrida - 3,5 gramm kumushni tashkil etgan). Kumushni har bir davrdagi qiymati bilan, o‘sha joyning pulida to‘lanadi. Shuningdek ktubbada, erkak tomonidan asosiy puldan bir necha marta ko‘p miqdordagi pul (tosefet ktubba) ham alohida qayd etib qo‘yiladi. Bularning barchasini bajarishni kafolatlab nikoh qurayotgan kishi o‘zi hamda merosxo‘rlari zimmasiga oladi. Xuppa ostida ovoz chiqarilib ktubba o‘qilgach, uni nikohlari tuzilganlarga taqdim etiladi. Ktubba yo‘qolib qolgan taqdirda er bet-dinning ishtirokida, asl ktubbada yozilgan barcha majburiyatlarni yozgan holda yangisi beriladi.Ortodoks jamoalarda qadimdan saqlanib kelayotgan oromiy tilidagi ktubbaning matni hozirgi kunga qadar qo‘llash majburiy hisoblanadi. Konservativ jamoalarda oromiy tildagi matn bilan bir qatorda, mahalliy tildagi tarjimasi ilova qilinadi. Reformist jamoalarda esa, ktubbaning o‘rniga Amerika reformistlar markaziy konferensiyasi ravvinlari tomonidan shakllantirilgan nikoh guvohnomasi taqdim etiladi.Ktubbaga naqshlar orqali bezak berish amaliyoti o‘rta asrning ilk davrlariga to‘g‘ri keladi. Shunday ktubbalarning ilk nusxasi Misrdan topilgan bo‘lib, 11-asrga borib taqaladi. Umuman olganda, 17- 18 asrlarga oid Italiya, Niderlandiya, Yaqin Sharq mamlakatlarida ktubbotlarga ishlangan ornamentlar mashhur hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 261.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.