Kubat posho madrasasi
Kubat Posho madrasasi (turkcha: Kubat Paşa Medresesi) Turkiya janubidagi Mersin viloyati Tarsus tumanida joylashgan tarixiy madrasa binosi.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa eski shahar markazida asosiy koʻchadan janubda bunyod etilgan boʻlib, u yerda boshqa tarixiy binolar, jumladan Tarsus Katta masjidi, Danyal maqbarasi va Avliyo Pavlus cherkovi ham joylashgan. Madrasa binosi gʻarbda Danyal maqbarasiga qaragan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa islom mamlakatlaridagi asosiy diniy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Kubat posho madrasasi 1557-yilda Ramazoniylar xonadonining aʼzosi, Usmonlilar imperiyasining vassali beklaridan boʻlgan Piri Poshoning ukasi Kubat Posho tomonidan asos bunyod etilgan[1]. 1517-yilda Ramazoniylar Usmonlilar hukmronligini qabul qilganlar[2][3][4].
Madrasa oʻtmishda koʻp taʼmirdan chiqqan. 1969-1970-yillardagi restavratsiya jarayonida u muzey sifatida foydalanish uchun qayta ishlangan va bu jarayonda u oʻzining bir qancha asl xususiyatlarini yoʻqotgan[2]. 1999-yilda Tarsus muzeyi 75 yillik madaniyat markazidagi hozirgi binosiga koʻchirilgan. Danyal masjidi maqbarasidagi restavratsiya ishlari davomida madrasa binosi qisqa vaqt ichida masjid sifatida foydalanilgan[3][4].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saljuqiylar meʼmorchiligi asnosida loyihalashtirilgan va toshli asosdan qurilgan madrasa toʻrtburchaklar tarhga ega. Dastlab, bino ikki qavatli, hovli atrofida bitta ayvonli boʻlgan. 1970-yildagi restavratsiya ishlari davomida bino oʻzining asl koʻrinishini sezilarli darajada yoʻqotgan. U 16 xonadan iborat kichik toʻrtburchak bino shakliga kelib qolgan. Tonozli xonalarning har biri kamin bilan jihozlangan. Madrasaga kirish janubi-gʻarbiy tomonga qaragan Saljuqiylar meʼmorchiligi uslubida bezatilgan peshtoq orqali amalga oshiriladi.
2012-yilda Tarsus munitsipaliteti madrasada navbatdagi restavratsiya ishlarini amalga oshirgan[4]. Bu ishlar davomida kirish darvozasi tagida qadimgi yunon tilidagi, Rim davriga oid deb taxmin qilingan yozuv topilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kubat Paşa Medresesi - Mersin“ (tr). Türkiye Kültür Portalı. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Kubat Paşa Medresesi“ (tr). Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „arsus Kubat Paşa Medresesi Hakkında Bilgi“ (tr). Mersin'im. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Tarsus'ta Kubat Paşa Medresesi Restore Ediliyor“ (tr) (2012-yil 17-mart). Qaraldi: 2016-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Tarsus'ta Medrese Restorasyonunda Roma Dönemine Ait Kitabe Bulundu“ (tr) (2012-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 20-oktyabr.