Kontent qismiga oʻtish

Kuchi Qo‘ziboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuchi Qo‘ziboyev(Ko‘chim bo‘lsa kerak — R.Sh.), 1883-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni Mo‘minobod qishloq soveti To‘rtko‘l qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq quloq, 1929- yili davlat qatiiy majburiyatini bajarmagani uchun 5 yil qamoqqa hukm etilgan va 1933-yili aksilinqilobiy faoliyati uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi bo‘lgan. Aholi orasida kapitalistik davlatlar bilan bo‘ladigan urushda sovet hokimiyati mag‘lub bo‘ladi, degan targ‘ibot olib borgan, kolxozlardagi ocharchilik haqida bo‘hton, aksilinqilobiy mish-mishlar tarqatgan, degan ayb qo‘yilgan. U otuvga hukm etilgan, mol-mulki musodara qilingan.[1]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 142-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.