Kontent qismiga oʻtish

Kuchkarov Kahramon Israilovich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kuchkarov Kahramon Israilovich

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i.(2019-yil iyul oyidan)

K.I. Kuchkarov 1987-yil 8-fevralida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Harbiy unvoni- Mayor(2024 yildan)

2005-2009-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining Geofizika yo‘nalishida bakalavr bosiqichida ta'lim olgan. 2009-2011-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti geofizika yo‘nalishida magistr bosqichida ta'lim olishni davom ettirgan. Shu yillarda Seysmologiya instituti Kompleks ekspeditsiyasining ma'lumotlarni qayta ishlab chiqarish partiya muhandisi, 2012-2013-yillarda shu institut stajyor tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2013-2014-yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi, 2014-2015-yillarda Seysmologiya instituti Kompleks ekspeditsiya ma'lumotlarini qayta ishlab chiqarish partiyasi muhandisi, 2015-2017-yillarda institut bosh geofizigi hamda Milliy universitet Geologiya fakultetida o‘qituvchi, 2017-2018-yillarda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar boshqaruv markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring xizmati katta ofitseri sifatida faoliyat yuritgan.

2019-yildan Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan va hozirgacha shu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.