Kontent qismiga oʻtish

Kuchlanish hisobi uchun etalon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuchlanish hisobi uchun etalon – bu qurilmadagi ulangan qurilma kuchlanishi, quvvat manbai kuchlanishidagi oʻzgarishlar, harorat oʻzgarishi va vaqt oʻtishidan qatʼi nazar kuchlanishni ideal tarzda oʻzgarmas (doimiy) holda saqlanuvchi elektron qurilma. Kuchlanish hisobi uchun etalon kuchlanish qurilmalari quvvat manbalari, analog-raqamli konvertorlar, raqamli-analog konvertorlar va boshqa oʻlchash va boshqarish tizimlarida qoʻllanadi. Ular ishlash prinsipiga koʻra bir biridan farq qiladi; kompyuterning quvvat manbai uchun regulyatori oʻz qiymatini nominal qiymatning bir necha foizigacha stabil ushlab turishi mumkin, laboratoriya kuchlanish standartlaridagi qurilmalar milliondan bir qismlargacha oʻlchanadigan aniqlik va barqarorlikka ega.