Kudaybergen Yerjan
Kudaybergen Yerjan | |
---|---|
qozoqcha: Құдайберген Төлепұлы Ержан | |
VI chaqiriq Qozog‘iston Respublikasi parlamenti majlisi deputati | |
Mansab davri 24-mart 2016-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-noyabr 1959-yil Jizzax, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Siyosiy partiyasi | "Nur Otan" |
Taʼlim | Olmaota xalq xoʻjaligi instituti |
Kasbi | iqtisodchi |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1983–1984 |
Kudaybergen Tolepuli Yerjan (qozoqcha: Құдайберген Төлепұлы Ержан; 1959-yil 7-noyabr Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – qozoq davlat va jamoat arbobi. VI chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Majilisi deputati (2016-yildan).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1959-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Timiryazev sovxozida tugʻilgan.
Olmaota xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1982-yilda Chimkent viloyat tartibga solish ilmiy-tadqiqot stansiyasida agronom-iqtisodchi lavozimidan boshlagan.
1985–1988-yillarda – Jizzax viloyati Forish tumani „Qizilqum“ sovxozi bosh hisobchi oʻrinbosari, Olmaota shahridagi geodeziya-qidiruv korxonasida topografik-geodeziya ishlari boʻyicha ishchi. Olma-Ota, „Kazbytradiotexnika“ ishlab chiqarish birlashmasi auditori, „Garant“ ishlab chiqarish birlashmasi katta auditori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1989–1993-yillarda Moskva viloyati „Ritm“ yoshlar ilmiy-texnik ijodiyoti markazining bosh hisobchisi, keyin Olmaota shahridagi „Sabaz“ MChP direktori, BankCenterCreditning 2-sonli filiali direktori sifatida oʻz faoliaytini davom ettirgan.
1998-yildan 2012-yilgacha – „Shardarin GES“ OAJ boshqaruvi raisi boʻlib oʻz faoliyatini olib borgan.
2012–2016-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati kengashining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi chaqiriq deputati, viloyat kengashining byudjet va qishloqlarni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi, Janubiy Qozogʻiston viloyati kengashi kotibi vazifasida faoliyat yuritgan[1].
2016-yil 24-martdan – „Nur Otan“ partiyasidan VI chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputati, Respublika Parlamenti Majlisining Xalqaro ishlar, Qozogʻiston mudofaa va xavfsizlik boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
2020-yilda „Nur Otan“ partiyasi jamoat birlashmasidan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi deputatligiga nomzod, 2021-yildan 2023-yil yanvargacha yettinchi chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi deputati boʻldi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Нуротановцы определились с кандидатами в депутаты Мажилиса“ (2016-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ „Ержан Кудайберген Тулепович“. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.