Kudryashyov sutlamasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kudryashyov sutlamasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Ikki pallali
Oila: Sutlamadoshlar
Urugʻ: Euphórbia
Turlari: Kudryashyov sutlamasi
Xalqaro ilmiy nomi
Euphorbia kudrjaschevii ((Pazij) Prokh., 1949)

Kudryashyov sutlamasi[1] ( lotincha: Euphorbia kudrjaschevii) — sutlamadoshlar (Euphorbia) oilasiga mansub ikki pallali o‘simlik turi. Hozirgi taksonomik nom ostida o‘simlik 1949-yilda rus botanigi Yaroslav Ivanovich Proxanov tomonidan ifodalangan[2]. Sovet geobotanigi, O‘zbekiston o‘simliklari tadqiqotchisi Serafim Nikolayevich Kudryashyov (1907-1943) sharafiga qo‘yilgan.

Sinonim nomlanishi — Galarhoeus kudrjaschevii Pazij basionym[2].

Qisqacha tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston endemigi[3].

Bo‘yi 20 sm ga yetadigan, jingalak tuklar bilan qoplangan ko‘p yillik o‘t. Poyasi tik, oddiy, barglari ko‘p. Poyaning pastki barglari tangachasimon, qo‘ng‘ir rangli, cho‘ziq, poyadagi barglari esa cho‘ziq qalami, uzunligi 2–4,5 sm, eni 2–4 mm, asosi yumaloq, uchli, tekis qirrali. Soyaboni 3–6 ta, oddiy nurli. Ko‘sakchasi yumaloq, uzunligi 6 mm, jingalak tukli. Iyun– iyul oylarida gullab, mevasi yetiladi[1] .

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[1]. Hisor davlat qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]