Kontent qismiga oʻtish

Kufton

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kufton — oʻrta asrlarga oid mulk. Sheroboddaryo havzasi (Surxondaryo viloyati) da joylashgan. Tabariyning yozishicha, 705 yil Qutayba ibn Muslim Amudaryoni kechib oʻtganda uning xuzuriga Chagʻoniyon podshosi, soʻngra K. podshosi sovgʻa salom, pul bilan kelishgan. K. podshohi Qutaybani oʻz yurtiga taklif etgan. Soʻngra har ikki podshoh oʻz mulklarini ixtiyoriy suratda Qutaybaga topshirganlar. Arablar istilosidan soʻig K. mulki manbalarda uchramaydi. Biroq bu atama 15-asrgacha Termiz va Chagʻoniyon shimolidagi togʻlar nomi — Koʻhton shaklida saqlanib qolgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil