Kulash Bayseitova
Qiyofa
Kulash Bayseitova (Gulbahrom) (1912.19.4 (2.5) - Olmaota - 1957.6.6) — qozoq opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). Toshkent davlat konservatoriyasida taʼlim olgan. Qozoq drama teatri (1930-1934), Musiqali teatr (1934-1937), Qozoq opera va balet teatrida (1937-yildan) ishlagan. Kizjibek ("Qizjibek"), Xadicha ("Jalbir"), Akjunus ("Er Targin"), Ajar ("Abay"), Sora ("Birjon va Sora") va boshqa partiyalarning birinchi ijrochisi. Birinchi boʻlib qozoq opera sahnasida mumtoz opera qahramonlarini (Tatyana, "Yevgeniy Onegin", Chiochiosan, "Madam Baterflyay") yaratgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |