Kontent qismiga oʻtish

Kulliyot (musiqa)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kulliyot (arabcha: كُلِّيَّات — toʻla, butun) — oʻn ikki maqom tizimiga mansub vokal musiqa asarlari turi. Sheʼriy matnida vagʻmalar yoki kuylar doirasi (advor an-vagʻam), oʻn ikki maqom, yigirma toʻrt shoʻba, olti ovoza va usullar doiralari (advori zurub)ning nomlari keltirilib, ular majoziy maʼnoda maqom yoʻllarining tuzilish tartibini aks ettirgan. Masalan, Kavkabiy, Tabibiy, Mutribiy asarlarida kulliyot namunalari keltirilgan. Bu asarlar maqom va shoʻbalarning ijro etilish vaqti va oʻrnini koʻrsatib turgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil