Kumushkon
Kumushkon | |
---|---|
qishloq | |
41°19′6.6″N 69°49′58.8″E / 41.318500°N 69.833000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Toshkent Viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Parkent tumani |
Hukumat | |
Aholisi | ↗ |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Kumushkon qishlog‘i — Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan. Toshkent shahridan 50 km uzoqlikda, O‘zbekistonning manzarali tog‘li qismida noyob o‘zbek qishlog‘i joylashgan. Kumushkon – bu mahalliy davolanish maskani va ko‘plab sayyohlar uchun ommabop dam olish joyidir.
Bu yerda to‘laqonli dam olish uchun hamma narsa – hudud xalq amaliy san‘atining eng yaxshi vakillari va agroturizm majmualari faoliyat ko‘rsatadigan infratuzilma, mehmonxona majmualari, mehmonlar uchun uylar, madaniyat uylari, milliy taomlar restoranlari, ijod uylari mavjud[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda Kumushkon MFY da 3000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda Kumushkon turizm qishlogʻiga aylantirilgani bois bir qancha transport yo`nalishlari qatnovi yo`lga qo`yildi. Jumladan poytaxt Toshkent shahridan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i bilan bog‘lovchi yo‘nalishda mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mikroavtobuslar harakati “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi “Muhammad Yusuf” bekatidan boshlanadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kumushkon turizm qishlog‘i“. uzbekistan.travel. uzbekistan.travel. Qaraldi: 17-aprel 2023-yil.
- ↑ „Toshkent – Kumushkon yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi“.