Kunchiqar Darvoza
Shaharcha | |
39°13′24″N 66°51′55″E / 39.22333°N 66.86528°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 75 |
Pochta indeks(lar)i | 181206[1] |
|
Kunchiqar Darvoza (ruscha: Кунчикар-Дарваза) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[2]. Registratsiya vaqti 2015-yil 9-sentyabr sanasiga toʻgʻri keladi.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunchiqar soʻzi kun va chiqar soʻzlari yigʻindisi hisoblanadi. Bu soʻzlar xalqi nutqidagi ifodasi sharq — kunchiqar, yuqori, baland; janub esa kunyurar, kunoʻrta; gʻarb tomoni esa kunbotar va doq, etak, quyi; shimol esa kunorqa, baland, yuqori maʼnosida qoʻllanadi. Shaharcha Kesh (Shahrisabz) shahrining sharqiy qismida joylashganligi sababli ham kunchiqar tomon yaʼni Kunchiqar deb nom olgan. Moʻljal olish Shahrisabzga koʻra olingan. Sababi shahar oʻsha vaqtda ahamiyatli hudud hisoblangan[3].
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunchiqar Darvoza shaharchasida asosiy bitta mahalla boʻlib bu Kunchiqar MFY hisoblanadi. Mazkur hududda 41-sonli maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi, Qarshi Davlat universitetining tarix fakulteti binosi, bir nechta ishlab chiqarish korxonalari va doʻkonlar, shuningdek, bitta masjid faoliyat yuritadi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha harorat 14.7° darajani tashkil etadi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0,8°, eng past harorati esa —26° ga teng. Kunchiqar Darvoza shaharchasida iyulning oʻrtacha harorati 28° darajani, eng yuqori harorati esa 43°darajani tashkil etadi.
Yogʻin miqdori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharchaning yillik yogʻin miqdori 545 mm ga teng. Vegetatsiya davri — 219 kunni tashkil qiladi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillaridan tarkib topgan.
Oʻxshash joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ham Kunchiqar nomli qishloq mavjud boʻlib, bu nom shu hududagi Solnechnaya (Solnechnaya) soʻzining tarjimasi hisoblanadi. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Kunchiqish nomli qishloqcha ham mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qashqadaryo pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 148-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |