Kontent qismiga oʻtish

Kungay olatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kungay olatov - Tyanshanning shimolidagi tizma. Qozogʻiston bilan Qirgʻiziston chegarasida. Janubida Issiqkoʻl bilan chegaradosh. K.O.gʻarbda Boʻoʻm darasidan sharqda Charin daryosi (Ilining chap irmogʻi)ning bosh qismiga qadar (200 km ga) choʻzilgan. Eng baland choʻqqisi — Choʻqtal togʻi, 4771 m. Granit, slanets va qumtoshlardan tarkib topgan. Shimoliy yon bagʻri janubiy yon bagʻriga qaraganda tik va qisqa. Tizmaning daralari Tyanshan qora qaragʻayi bilan qoplangan. Shimoliy yon bagʻirlarida muzliklar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil