Kurmanbek Jandarbekov
Kurmanbek Jandarbekov | |
Tavalludi | 7-yanvar 1905-yil Sirdaryo viloyati, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti | 9-iyul 1953-yil (48 yoshda) Chimkent, Qozogʻiston SSR, SSSR |
Millati | qozoq |
Sohasi | xonanda |
Mukofotlari |
Kurmanbek Jandarbekov (7-yanvar 1905-yil, Sirdaryo viloyati – 9-iyul 1953-yil Chimkent) – sovet opera xonandasi, rejissor, Qozogʻiston SSR xalq artisti. Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati. Qozoq milliy teatrining asoschisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurmanbek Jandarbekov 1905-yil 7-yanvar kuni Rossiya Imperiyasi tarkibidagi Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1925-yili Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Kurmanbek Jandarbekov 1925-yilda Qiziloʻrda drama teatri aktyori sifatida ish boshladi. 1928-1929-yillarda Herasimov nomidagi kinematografiya institutida tahsil olgan. Kurmanbek Jandarbekov 1934-yilda Abay nomidagi Qozoq davlat teatrida oʻz faoliyatini boshladi. 1944-yildan 1948-yilgacha Qozoq davlat teatri badiiy rahbari, 1953-yildan 1955-yilgacha rejissyor hamda 1956-yildan 1959-yilgacha bosh rejissor sifatida faoliyat yuritdi. 1949-yildan Olmaota davlat konservatoriyasining opera yoʻnalishida dars berishni boshlagan. 1961-yildan konservatoriya direktori lavozimiga tayinlangan. Kurmanbek Jandarbekov 1970-yilda professor darajasiga yetishgan.
Sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurmanbek Jandarbekov qozoq milliy teatrining asoschilaridan biridir. Shuningdek, u bir qancha teatrlarda direktor hamda rejissor sifatida ishlab, qozoq teatriga oʻz hissasini qoʻshgan[1].
Teatrdagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muxtor Avezovning „Qorakoʻz“ asari – qoʻshiqchi Sarim
- Muxtor Avezovning „Enlik-Kebek“ asari – Kebek
- Furmanovaning „Qoʻzgʻolon“ asari – Furmanov
Kinodagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurmanbek Jandarbekov qozoq sanʼati va madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda adabiyot sohasini aholi orasida targʻib qilganligi uchun „Lenin ordeni“ bilan mukofotlangan. Tuleboevning „Birjan va Sara“ operasini namunali tashkil qilganligi uchun 2-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi turmush oʻrtogʻi Zura Otaboyeva – qozoq drama aktrisasi boʻlib, 1909—1974-yillar oraligʻida yashagan.
Ikkinchi turmush oʻrtogʻi Shara Jiyenqulova – Qozogʻiston SSR xalq artisti, raqqosa. 1912—1991-yillarda yashagan. Sharaning oʻgli Bulat Jandarbekov hisoblanadi. Bulat Jandarbekov „Chirakning jasorati“ dramasi muallifidir[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Калкаман и Мамыр» в Энциклопедии балета“. 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
- ↑ „«Весна» в Энциклопедии балета“. 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.