Kontent qismiga oʻtish

Kuydirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuydirish (tibbiyotda), kau-terizatsiya — kasallangan yumshoq yuzadagi toʻqimalarni yuqori temperatura va kimyoviy moddalar (kumush nitrat, qoʻrgʻoshin sulfat, azot, xrom, uch-xlorsirka kislota) taʼsirida yemirish. Soʻgal, kondiloma, qadoqni yoʻqotish, bachadon boʻyni eroziyasi, xavfsiz oʻsmalar (angioma, papilloma, poliplar) va boshqa ogʻriqli joylarni kuydirib davolash. Baʼzan ilon chaqqanda, quturgan hayvon tishlaganda, shuningdek, qon toʻxtatishda va jarohatlarni davo-lashda K. usuli qoʻllanadi. Toʻqimalar maxsus apparatlar va har xil kuydi-ruvchi moddalar bilan kuydiriladi. K.ning termokaustika (Paqlen appa-rati), lazer nuri, elektrskalpel, diatermokoagulyasiya kabi turlari mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil