Kvant kompyuterlari
Kvant kompyuterlari - kvant hisoblashlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlardir. Bu kompyuterlar hozircha yaratilish va mukammalashtirish jarayonida bo'lib, hozircha olimlarning laboratoriyalaridan tashqariga - ommaviy ishlab chiqarishga qo'yilmagan. Kvant hisoblashlari - kvant kompyuterlarida hisob-kitoblarni bajarishda kvant superpozitsiyasi va kvant chigalligi kabi kvant holatlarining kollektiv xossalarini qo'llashdan iborat. Kvant kompyuterlari, masalan, kriptografiyada juda keng qo'llanadigan katta sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratish kabi ma'lum bir muammo va masalalarni oddiy kompyuterlariga nisbatan ancha tez bajaradi. Kvant hisoblashlarini bajarishni o'rganish kvant informatikasi soxasining bir qismiga kiradi. Kvant kompyuterlarida kvant hisoblashlarni bajarish yaqin kelajakda farmatsevtika, ma'lumotlar xavfsizligi, ilm-fan va boshqa soxalarida o'z tatbiqini ko'rsatishi kutilmoqda.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |