Kvarsit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kvarsit — metamorfik togʻ jinsi, tarkibi, asosan, kvarsdan iborat. Zich, donador. K.da kvarsyaan boshqa slyuda, rogovaya obmanka, xlorit, temir minerallari (magnetit, gematit, martit) va b. boʻladi. Slyudali, rogovaya obmankali, xlorit va temirli K. mavjud. K. kvarsli qumtosh va kremniyli jinslarning regional metamorfizmi jarayonida qayta kristallanishidan hosil buladi. Koʻproq proterozoy yotqiziqlari uchun xos. K. katta masofaga choʻzilgan uzluksiz qatlam koʻrinishida turli metamorfik togʻ jinslari orasida yotadi. K.dan dekorativ qoplama, oʻtga chidamli gisht (dinas), kislotabardosh materiallar tayyorlanadi. K.ning koʻp turlari muhim foydali qazilmalardir. Temirli (magnetitli) K. eng muhim temir rudasi hisoblanadi. Mas, Krivoy Rog va Kursk magnit anomaliyasi (RF), Yuqori koʻl (AKSH), Labrador (Kanada) temir konlarida SiO ning miqdori 98—99% ga yetadi. K. ning baʼzi bir turlari abraziv material. KVAS (rus.) — javdar yoki arpa solodi (undirib yanchilgan doni), javdar uni, qand va yalpizdan tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik. Oldin kvas suslosi (atalasi) tayyorlanadi, kvas achitqisi va sut kislota bakteriyalari aralashmasi, qand va yalpiz qoʻshib achitiladi. 20—25° haroratda 6—12 soatdan keyin susloning bijgʻishi tamom boʻladi. Soʻng 10—15° gacha sovitiladi, filtrlanadi, bochka yoki shishalarga quyiladi. Hozir uy sharoitida osongina tayyorlasa boʻladigan konsentratlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, olma, limon va b. mevalardan tayyorlanadigan K.lar ham bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |