Kvartira-studiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvartira-studiya odatda ichki devorlarsiz kichik kvartira boʻlib, unda oshxona, mehmonxona va yotoqxona bitta yerda joylashgan. 20-asr boshlarida studiyalar minimal mebelga ega va baʼzan shu qavatning oʻzidagi umumiy sanuzelga ega boʻlgan kichik turar-joy hisoblanar edi.[1]

Bugungi kunda kvartira-studiyalar koʻchmas mulkning turli segmentlarida taqdim etilmoqda. Ekonom toifasida bu kichik maydonga ega boʻlgan kvartiralardir. Hashamatli binolarda katta kvartira-studiyalar ham mavjud.

Turli mamlakatlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSH[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQShda kvartira-studiyalarning oʻrtacha maydoni 46–56 m² ni tashkil qiladi.[2]

Argentina[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada kvartira-studiya monoambiente deb ataladi (ispan tilida „mono“ - bir, „ambiente“ - xona).

Germaniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniyada bir xonali kvartira anʼanaviy ravishda Garçonnière (fransuz tilidagi garçon, bola, yigit yoki boʻydoq degan maʼnoni anglatadi) yoki Einzimmerwohnung („Ein“ - bir, „Zimmer“ - xona, „Wohnung“ - kvartira) deb ataladi.[3]

Gonkong[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gonkongda studiya - bu taxminan 10 kvadrat metrlik mini-kvartira boʻlib, shuningdek, hammom va oshxonaga ham ega. Yashash maydonining minimal hajmi avtoturargohning kattaligiga teng.[4][5]

Kanada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanadada kvartira-studiyalarni bachelor (boʻydoqlar kvartirasi) deb ataladi.

Portugaliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portugaliyada kvartira-studiyalar T0 (T-Zero) bilan belgilanadi, 0 raqami kvartirada alohida yotoq xonalari yoʻqligini bildiradi.[6]

Shvetsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiyada kvartira-studiyalar “etta” yaʼni "birlik" deb ataladi. Ularning maydoni odatda 20 dan 40 m² gacha boʻladi.[7]

Yaponiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiyada maydoni taxminan 10 m² boʻlgan studiya kvartiralari wan rūmu manshon (bir xonali qasr) deb ataladi.[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Monoambiente“. monoambiente.com.ar. 2022-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  2. „The Truth About Apartment Square Footage“. hotspotrentals.com. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  3. „Недвижимость в Германии: стоит ли покупать, цены, лучшие регионы!“. egrp.ru. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  4. „Жизнь в Гонконге: Дорогая недвижимость, отсутствие личного пространства и тайфуны“. journal.tinkoff.ru. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  5. „迷你71呎開放式單位= 1個標準車位 點放傢俬好?“. topick.hket.com. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  6. „Buying property in Portugal as a foreigner“. wise.com. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  7. „Ett = One (1) & A; Etta = One-room flat“. gothenburg-400.com. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  8. „Жильё в Японии (современные и традиционные дома)“. miuki.info. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.