Kvazarlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kvazarlar (ing. quasistellar radiosource — kvaziyulduzli radiomanba) — burchak oʻlchamlari juda kichik kosmik obʼyektlar. Galaktikamizdan ancha uzoqda joylashgan kuchli nurlanish manbai boʻlib, optik diapazonda xira yulduzsimon koʻrinishga ega. Ilk bor 1960-yil radionurlanish manbai sifatida topilgan va keyinchalik ularni 16t—18t koʻrinma kattalikdagi optik xira yulduz ekanligi maʼlum boʻlgan. Tez orada K.ning spektral chiziqlari qizilga keskin ravishda siljiganligi aniqlandi. Masalan, 3C273 eng yorugʻ kvazar hisoblanib, uning qizilga siljishi 0,158 ga teng, yaʼni bizdan ungacha boʻlgan masofa 630 megoparsek (Galaktikamiz oʻlchami 30 kiloparsek). Bugunga qadar 2000 ga yaqin K. topilgan. K. bizdan kosmologik masofada joylashib, Koinot kengayishi jarayonida qatnashadigan asosiy obʼyektlar hisoblanadi. Keyingi vaqtda topilgan kvazarning qizilga siljishi 5,0 dan katta boʻlib, u bizdan deyarli nur tezligi bilan uzoqlashib bormoqda. Kvazar elektromagnit nurlanish spektri boʻyicha sekundiga 1045—1047erg energiya tarqatadi. Afsuski, bunday kuchli nurlanish mexanizmi maʼlum emas. Koʻpchilik nazariyotchilar fikricha: 1) bu — protogalaktika gazining markazdagi oʻtamassiv qora oʻraga akkretsiyasi tufayli ajralayotgan energiyadir; 2) K. Koinotning uzoq qismida tugʻilayotgan boʻlajak "chaqaloq" galaktikalarning yadrolari hisoblanadi. Oxirgi fikr OʻzMU Astronomiya kafedrasida protogalaktikalarning nochiziqli modellarini tuzish va ularning gravitatsion beqarorliklarini topish borasida analitik hamda sonli hisob-kitob usullarida koʻrsatib berilgan. Eng uzoq K.ni Maydanak balandtogʻ rasadxonasi Oʻzbekiston FA Astronomiya instituti, Oʻz MU bilan hamkorlikda gravitatsion linzalarni zaryad yigʻuvchi matritsalar usuli bilan olib borilayotgan dasturi yordamida kuzatishmokda.
Salohiddin Nuritdinov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |