Kontent qismiga oʻtish

Kyonbok-kun saroyining ahamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Choson davlati yetakchi mafkura (ideologiya) sifatida neokonfutsiylik (yoki chjusianlik)ni qabul qilgan. Bu mafkura inson tabiatdan koʼngilchan (mehribon) boʼlishiga va tabiatning etik qonunlariga asoslangan edi. Unda insonning ichki dunyo muammolari alohida ahamiyatga ega boʼlib, uning tashqi koʼrinishiga emas, balki ezgulikligi va yaxshiligiga koʼproq urgʼu berilardi. Shuning uchun ham Choson davridagi boshqaruv qirolning shaxsiy hoqimiyati bilan emas, balki boshqaruvdagi halollik, vijdonlik va ezgulik tushunchalari bilan belgilanib kelgan. Kyonbok-kun saroyining loyihalashtiruvchi va meʼmorchisi (arxitektori) neokonfutsiylik tarafdori va saroy amaldori Chon Do-chjon boʼlgan. U saroy binolariga bergan nomlar qirolning yuksak hokimiyatidan dalolat berib turardi.

Kyonbok-kun saroyida uchta asosiy bino mavjud: qirolning yotoqxonasi – Kannyon-chjon, odatda qirol oʼz vaqtini oʼtkazadigan kabinetga oʼxshash shaxsiy xonalari – Sachjon-chjon va toj zali (katta xona) – Kыnchjon-chjon.

Kannyon-chjon binosi qirol dam oladigan va uxlaydigan joy edi. Chon Do-chjon hisoblardiki, aynan yotoqxonada qirol oʼz xissiyot va tuygʼularini nazorat ostida ushaydi. “Kannyon” soʼzi “tinchlik, rohat” maʼnosini bildirib, beshta “baxt-saodat”dan bittasidir. Chon Do-chjon taʼkidlardiki, qirol yotoqxonada yolgʼiz qolib, aynan oʼsha yerda “fikrlaridan ozod boʼlib”, boʼshashadi va hissiyotlarini idora qila oladi.

“Niyatlarning (fikr va iroda) samimiyligiga erishish” va “qalbni toʼgʼrilash” – qadimiy xitoy “Da syue” (“Yuksak taʼlimot”) devonining “sakkizta asoslari”dan ikkitasidir. Qolgan asoslar bu: “narsalarni aniqlash (tasnifi)”, “bilimlarni yakuniga yetkazish”, “oʼz shaxsini takomillashtirish”, “oilani toʼgʼrilash”, “ davlatni tartibga keltirish” va “samo tagidagi (yaʼni yerdagi) muvozanatni saqlash”. Qirol yotoqxonada “niyatlarning (fikr va iroda) samimiyligiga erishadi” va “qalbni toʼgʼrilaydi”, kabinetda esa “narsalarni aniqlaydi” va “bilimlarni yakuniga yetkazadi”. Bu yerda “narsalarni aniqlash (tasnifi)” va “bilimlarni yakuniga yetkazish” deganda inson narsalar haqida doim fikrlab, ularni oʼrganadi va bilimga erishadi deb tushuniladi. Qirol bilimlarga saroy amaldorlari bilan uchrashuvlar va maxsus maʼruzalarni tinglash orqali erishardi, shuning uchun doimo “chuqur oʼylash, fikrlash” sodir boʼladigan joyni Sachjon-chjon deb nomlashgan (bino nomidagi “sa” negizi “oʼylamoq, fikrlamoq” maʼnosini bildiradi). Faqatgina chuqur fikrlash bilimlar va siyosat asosi boʼladi, shuning uchun Sachjon-chjon – “chuqur fikrli boshqaruv uyi”dir. “Da syue”ga asosan “komil shaxs boʼla turib” qirol “davlatni tartibga keltiradi” va “erdagi muvozanatni saqlaydi”, bularni amalga oshirish uchun esa Kыnchjon-chjon tojxonasi xizmat qiladi. Tojxonaning nomi “Mehnatsevar boshqaruv uyi” maʼnosini anglatib, barcha ishlarda qiroldan alohida qunt, gʼayrat va mehnatni talab qilinardi. Qirolning mehnatsevarligi va qunti barcha narsalarga aralashishda emas, balki qobiliyatli insonlarni aniqlab, ularga toʼgʼri keladigan topshiriqlarni berishda namoyon boʼlardi.