Kyongbokkun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

        Kyongbokkun (Kyongbok saroyi) – Janubiy Koreyaning Seul shimolida joylashgan saroy majmuasi. Bu Qirol oilasi yashagan Choson sulolasining asosiy va eng katta saroyi va Xoson davrida qurilgan beshta yirik saroylardan biri edi.

        1394 – yilda koreyalik taniqli Jong Dodjonning loyihasi asosida qurilgan.

        Saroyning baʼzi qismlari 1592 – yilda Yaponiya bosqini paytida yoqib yuborilgan. 1860-yillarda Tevongunning saʼy-harakatlari bilan qayta qurilgan. Taʼmirlashdan soʻng u 330 bino va 5792 xonadan iborat edi. Majmuaning umumiy maydoni 410 ming kvadrat metrni tashkil etadi. 1895 – yilda yapon agentlari tomonidan qirolicha Myonson oʻldirilganidan koʻp oʻtmay, uning eri imperator Kojon saroyni tark etdi va u yerga qaytib kelmadi.

        1911 – yilda yaponlar saroy majmuasining 10 ta binosini buzib, Koreya general-gubernatorining uyini qurishdi.

        Kyongbokkunning asosiy inshootlari-Kyunjonjon taxt zali (223-sonli milliy xazinalar roʻyxatida), shuningdek, 48 ta granit ustunlarda sunʼiy koʻl oʻrtasida joylashgan Kyonghveru paviloni (224-sonli milliy xazinalar roʻyxatida). Ushbu pavilon eski uslubdagi 10000 von banknotada tasvirlangan (2007 – yilda yangi turdagi banknot chiqarilgunga qadar).

        Bugungi kunga kelib saroy ochiq osmon ostidagi muzeyga aylandi. Saroyga kirishdan oldin, Choson sulolasi davrida bu erda oʻtkazilgan qoʻriqchilar navbatining rang-barang dramatizatsiyalarini koʻrishingiz mumkin.