LED yoʻl belgilari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LED yoʻl belgilari — yorugʻlik indikatsiyali yoʻl belgilari. Ular yaxlit korpusdagi ruxlangan poʻlatdan yoki qalinligi 0,8 mmli metall asosida „impulsli mil“ applikatsiya usulida yasaladi. Elektr taʼminoti 12V kuchlanishli avtomobil akkumulyatoridan yoki 220/12V moslashtirilgan qurilmadan taʼminlanadi. LED yoʻl belgilari tayyorlashga buyurtma berilganda elektr kuchlanishini boshqacha qilib oʻrnatish mumkin, masalan 36V.LED lampochkalari xonadon va binolarda bo‘ladi.Ularning kuchlanishi 12 va 37V gacha bo‘ladi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunning vaqti va ob-havo sharoitlariga qarab, lavha maʼlumotlarini oʻzgartirish imkoni bor. LED lardan foydalanilgani tufayli ular tunda va tumanli ob-havoda yaqqol koʻrinadi. Axborot oʻzgarishlarini nazorat qilish imkoniyati mavjud:

  • kompyuter yordamida boshqarish (boshqaruv kabeli orqali);
  • lavhaning orqa tomonidagi kalitlar orqali boshqarish;
  • LED yoʻl belgilari quyosh batareya modulli boʻladi.

Samaradorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

LED indikatsiyali yoʻl belgilardan foydalanish haydovchilarning eʼtiborini tezyurar yoʻllarning oʻta xavfli uchastkalarida, taʼmirlash yoki ekspluatatsion ishlar olib boriladigan joylarda jalb qilish imkonini beradi. Bunday belgilarning samaradorligi beqiyosdir. Haydovchi nur qaytaruvchi yuzani, qachonki, mashinasi farasining nuri tushganda koʻradi, LED indikatsiyali yoʻl belgisini esa shu yoʻl uchastkasining eng uzoq koʻrish masofasidan va turli burchak ostida koʻra oladi. Shu sababli, transport vositasining haydovchisi yoʻlning xavfli qismiga yaqinlashishidan oldin xavfsizlik choralarini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi.

Magistral yoʻllarda LED yoʻl belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻnggi yillarda avtomobil yoʻllarida haydovchilarni yoʻldagi maʼlumotlardan ogohlantirish uchun LED belgilaridan foydalanilmoqda. Foydalanish maqsadiga qarab, LED yoʻl belgilarining bir nechta turi mavjud:

  • Ogohlantirishlarni koʻrsatish uchun oʻzgaruvchan maʼlumotlarga ega LED yoʻl belgilari
  • Harakatlanish parametrlari, ogohlantirishlar va meteorologik parametrlarni koʻrsatish uchun oʻzgaruvchan maʼlumotli yoʻl belgilari
  • Harakatlanish parametrlari, ogohlantirishlar va meteorologik parametrlarni koʻrsatish uchun oʻzgaruvchan maʼlumotli birlashgan yoʻl belgilari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]