Kontent qismiga oʻtish

Ladon (ajdaho)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
F. Lighton. "Hesperidlar bog'i": ilon Ladon olmalarni qo'riqlaydi

Ladon (qadimgi yunoncha: Λάδων qadimgi yunoncha: Λάδων) — qadimgi yunon mifologiyasining qahramoni, titan, ko'plab titanlar singari, u ham Titanomaxiyadagi mag'lubiyatidan so'ng, qo'rqinchli hayvon - ajdahoga aylantirilgan.[1] Shuningdek, Lafon yoki Lefon nomlarining shakli ham mavjud.[2]

Ratsionalistik talqinga ko'ra, u Gesperaning qo'ylarini boqib yurgan cho'poni boʻlgan va Gerakl tomonidan o'ldirilgan.[3] Boshqa bir talqinga koʻra esa u bogʻni parvarish qilish natijasida koʻplab oltinlarni toʻplagan Ajdaho hisoblanadi.[4]

"Teogoniya" talqiniga ko'ra, u Forkiya va Ketoning o'g'li hisoblangan.[5] Gesiodga ko'ra esa Tifon[6] va Exidnaning[7] o'g'li boʻlgan. Pisandraning she'riga ko'ra esa u yerdan tug'ilgan.

Gera uni Gesperid olmalarini qo'riqlashga qo'ldiradi[8], chunki ajdaho hech ham uxlamas edi[9], o'shanda u Gerakl tomonidan o'ldirilgan[10], keyinchalik Ajdarho yulduzi turkumiga aylangan[11], uning parchalangan jasadi esa argonavtlar tomonidan topilgan.[12]

Ladonning qadimgi Leviafan tasviri bilan birga, Ibtido kitobining ilon vasvasachisiga emas, balki ugaritlarning Lataniga tegishli.

Yunon afsonalarida yuz boshli, og'zidan olovli chiquvchi ajdaho haqida hikoya qilinadi, u ilonsimon tanasi bilan oltin olma daraxtiga chirmashib turadi. Ushbu yirtqich hayvon Zevsning xotini Gera ma'budasi tomonidan Gesperid bog'iga yuborilgan. Ladon oltin olmalarni o'g'rilardan himoya qilishi kerak edi. Ajdahoning yuz boshining hech biri hech ham uxlamas, har biri o'ziga xos ovozda bilan gapirgan. Ladonning ikki yuzta shafqatsiz va hushyor ko'zlari oltin olmalarga hech kim yaqinlasha olmasligining kafolati edi. Geraning oltin olmalarini qidirib, u yergacha suzib borishga jur'at etgan kishi, Ladonning ulkan tishlari bilan parchalab tashlanishi yoki uning mushakli tanasi bilan bo'g'ib o'ldirilishi xavfi bor edi.

Geraklning o'n birinchi jasorati Evrisfeyga uchta oltin olma olib kelgani bo'ldi. Mazkur qahramon o'z o'qlarining uchlarini Lerney Gidraning zahariga singdiradi va ularni bog' devori orqali Ladon tomonga otadi. Dahshatli ajdaho yiqilib, zaharlangan o'qlar bilan o'ldiriladi, shunda Gerakl xotirjam bog'ga kirib, olmalarni oladi. Keyinchalik o'sha tomondan suzib o'tayotgan argonavtlar mag'lubiyatga uchragan ajdahoni ko'rganliklarini, dumining uchigina biroz titrab turganini aytishgan edi.

Ladonning yaralaridan oqayotgan qon yerni singib, uning har tomchisidan ajdaho daraxtlari oʻsib chiqqan. Ularning tanasi baquvvat, novdalari esa o'rama shaklda boʻlgan. Ularning to'q qizil sharbati ajdaho daraxtining qoni deb atashadi. U shifobaxsh xususiyatlarga ega ekanligiga ishoniladi.

Ladonning o'limidan keyin Gera uni osmonga yuboradi. Oltin olma bilan daraxt atrofida egilgan Ladon singari Shimoliy Yulduz atrofida abadiy aylanib yuradigan Ajdaho yulduz turkumi ham shunday paydo boʻlgan.

  1. Мифы народов мира. М., 1991-92. В 2 т. Т.2. С.33; См. Еврипид. Елена 394.
  2. Примечания Н. А. Чистяковой в кн. Аполлоний Родосский. Аргонавтика. М., 2001. С.216
  3. Палефат. О невероятном 18
  4. Гераклит-аллегорист. О невероятном 20
  5. Гесиод. Теогония 333—335
  6. Гесиод, подложный фр.391 М.-У.
  7. Псевдо-Аполлодор. Мифологическая библиотека II 5, 11
  8. Аполлоний Родосский. Аргонавтика IV 1389; Гигин. Мифы. Введение 39; 151
  9. Гигин. Астрономия II 6, 1, по Паниасиду; Сенека. Агамемнон 875
  10. Софокл. Трахинянки 1099—1100
  11. Псевдо-Эратосфен. Катастеризмы 3; Гигин. Мифы 30; Гигин. Астрономия II 3, 1
  12. Аполлоний Родосский. Аргонавтика IV 1389—1396
  • Ладон, в мифологии // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.