Lagʻmon Zoli Zard
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lagʻmon Zoli Zard — Vaxsh vodiysi (Tojikiston)dagi shahar harobasi (milodiy 3—4-asr —1221). Vaxsh daryosining soʻl qirgʻogʻidagi Uzun qishlogʻi yaqinida, Qoʻrgʻontepa shahridan 23 km masofada joylashgan. Oʻrta asrlarda Halovard deb atalgan. L.ning umumiy may-doni shahar atrofi bilan birgalikda 100 ga ni tashkil etadi. Shahar mudofaa devorlari bilan oʻralgan, kuzatuv minoralariga ega 4 darvozasi boʻlgan. Shaharning ayrim qismlari 2 qator devor bilan oʻrab olingan. L. oʻrnidagi dastlabki manzilgoh milodiy 3—4-asrlarda vujudga kelgan. Ilk oʻrta asrlarda Vaxsh viloyati markazi Halovard Kofirqalʼa shahri harobasi oʻrnida boʻlgan. Arablar istilosi arafasida bu yerda buddizmga eʼtiqod qilgan turkiy sulola hukmronlik qilgan. Arablar Halovardni egallab, uni vayron etishgach, viloyat markazi 12 km shim.gʻarbda joylashgan L. oʻrniga koʻchgan. Shahar oʻzining eski nomini saqlab qolgan. Arablar istilosidan soʻng u katta shaharga aylangan. 10—13-asr boshlarida ravnaq topgan. Shahardagi deyarli barcha binolar pishiq gʻishtdan ishlangan, koʻcha va maydonlarga esa shagʻal (mayda tosh) yotqizilgan. Oʻrta asrlarda bu yerda Vaxsh viloyatining zarbxonasi joylashgan. Shahar 1221-yil Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. Ad:. Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |