Kontent qismiga oʻtish

Lametri Jyulyen Ofre de

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lametri (Lamettrie), Jyulyen Ofre de (1709.23.12, Sen-Malo, Fransiya — 1751.11.11, Berlin) — fransuz faylasufi, vrach. Fransiyada va Gollandiyada oʻzining materialistik-ateistik qarashlari uchun taʼqib qilingan. Buyuk Fridrix davrida Berlinda Akademiya aʼzoligiga saylangan. "Inson — mashina" (1748) asarida inson organizmi soat mexanizmiga oʻxshash oʻzoʻzidan harakatlanadigan mashina deb hisoblagan. Insonni bunday tushunishni etika masalalariga ham tatbiq etdi va shundan kelib chiqib umuman barcha dinlarni nokerak deb isbotlamoqchi boʻldi."Odam — oʻsimlik" asarida u materializmni faqat fiziologik nuqtai nazardan tushunishini namoyon qildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil