Kontent qismiga oʻtish

Laminariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laminariya — laminariyasimon qoʻngʻir suv oʻtlari turkumi (qarang Dengiz karami).[1] Yapon laminariyasi yirik o'simlik bo'lib, tanasining yuqori qismi uzun tasmasimon, bo'yi 6-12 m, eni 10-75 sm keladi. Pastki qismi esa kalta silindrsimon yoki novsimon. Yapon laminariyasi dengiz qirg'og'idan boshlab, to 25-35 m chuqurlikkacha bo'lgan va suvning doimo harakatlanib turadigan yerlarida o'sadi. U, ayniqsa, Yapon dengizining shimoliy qismida keng tarqalgan. Y.l jinssiz(zoosporalar orqali) va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. Y.l tanasida ko'p miqdorda darmon'dorilar, shakar va boshqa moddalar to'lanadi. Shuning uchun ham odamlar unga "Dengiz karami" deb nom qo'yishgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil