Langardaryo
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Langardaryo | |
---|---|
Langardaryo Boshdara qishlogʻi yuqoriroqda | |
Tavsif | |
Uzunligi | 76 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Langardaryo yoki Langar — Qashqadaryoning chap irmogʻi (Qashqadaryo viloyati). Hisor tizmasining jan.-gʻarbiy tarmogʻi — Yakkabogʻ tizmasidan (2200–2300 m) boshlanib gʻarbga oqadi. Uzunligi 76 km, havzasining maydoni 258 km². Yuqori qismi chuqur va tor vodiyda oqadi. Langar qishlogʻi yaqinida vodiysi kengayadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,9 m³/ sek; maksimal suv sarfi aprel—mayda. Qor va yomgirlardan suv oladi. Yoz oylarida suvi sugʻorishga sarflanib, Qashqadaryoga yetib bormaydi. Bahor oylarida daryodan kuchli sel kelish hollari kuzatiladi. Langardaryoda gidrometrik post tashkil etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |