Larisa Kadirova
Larisa Kadirova | |
---|---|
Tavalludi |
10-sentyabr 1943-yil |
Fuqaroligi | SSSR Ukraina |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1963– |
Larisa Xamidovna[1] (shuningdek Nikolayevna[2]) Kadirova (ukraincha: Лариса Хамидівна (Миколаївна) Кадирова, 1943-yil 10-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va ukraina teatr va kino aktrisasi, teatr va jamoat arbobi. Ukraina SSR xalq artisti (1982).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Larisa 1943-yil 10-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mariya Zankovetskaya nomidagi Lvov Ukraina drama teatri qoshidagi drama studiyasini (1963, Boris Tyagno ustaxonasi) va I. K. Karpenko-Kari nomidagi Kiyev teatr sanʼat institutini (1981) tamomlagan.
Aktrisa 1963–1993-yillarda Zankovetskaya nomidagi Lvov Ukraina drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. Larisa teatrdagi faoliyati bilan bir qatorda, Ilya Repin nomidagi rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida oʻqigan.
1993-yildan I. Y. Franko nomidagi Milliy Ukraina drama teatri va „Sozvezdiye“ teatrida aktrisa boʻlgan.
Larisa Xamidovna 1993-yildan „Xalqaro teatr instituti“ xalqaro xayriya tashkiloti (Ukraina markazi) prezidenti boʻlib faoliyat yuritgan. 1992–2000-yillarda Ukraina Milliy teatr arboblari uyushmasida rahbar oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
1998-yildan P. I. Chaykovskiy nomidagi Milliy musiqa akademiyasida professor lavozimida ishlagan.
Larisa Kultura telekanalida (Kiyev) bir qator dasturlar muallifi va boshlovchisi hamdir.
Aktrisa 1998-yilda „Bosporsiye agoni“ xalqaro qadimiy sanʼat festivaliga asos solgan (Kerch, Simferopol) va hakamlar hay’atiga boshchilik qilgan. 2004-yildan „Mariya“ ayollar monodramasi xalqaro festivalining badiiy rahbari boʻlgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Larisa Ukraina SSR xalq artisti (1982) va Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2001)[3]. Ukraina teatr sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti (2009) sovrindori boʻlgan. „Buyuk xizmatlari uchun“ 3-darajali orden sohibasi (2014)[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президента України від 2 березня 2009р. № 117 Про присудження Національної премії України імені Тараса Шевченка“ (uk). Комітет з Національної премії України імені Тараса Шевченка. 2018-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-may.
- ↑ „Журі фестивалю "Золоті оплески Буковини" очолила народна артистка України Лариса Кадирова (+відео)“ (uk). BukNews. 2018-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-may.
- ↑ „О присвоении почётных званий Автономной Республики Крым организаторам III Международного Фестиваля античной драмы "Боспорские агоны" (г. Керчь)“. 2022-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ „Указ Президент України від 22 січня 2014 року № 27/2014 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня Соборності та Свободи України»“. 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
- ↑ „Кадирова Лариса Хамидівна“ (uk). Енціклопедія сучасної України. 2018-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-may.