Kontent qismiga oʻtish

Latent davr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Latent davr, yashirin davr — 1) fiziologiyada — biror qoʻzgʻatuvchining organizm (organ, toʻqima, hujayra va boshqalar)ga taʼsir etgan soniyadan to javob reaksiyasi boʻlguncha oʻtgan vaqt. Latent davrni aniqlash psixologiyada (masalan, muhandislik psixologiyasida) ahamiyatga ega; 2) boʻgʻozlik latent davri — bir qancha sut emizuvchi hayvonlar (suvsar, boʻrsiq va boshqalar)da urugʻlangan tuxum hujayraning vaqtincha rivojlanmay turishi; 3) tibbiyotda — kasallikning yashirin davri (qarang Inkubatsion davr).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil