Latish tili
Qiyofa
Latish tili | |
---|---|
Milliy nomi | latviešu valoda |
Mamlakatlar |
Latviya Yevropa Ittifoqi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1 500 000 |
Alifbosi | Lotin alifbosi va Latvian alphabet |
Til kodlari |
Latvian (latviešu valoda) — Latviyaning rasmiy tili. Hind-yevropa oilasining boltiq tillari guruhiga mansub, unga eng yaqin til litovchadir. Latish tilida 1 mln 300 mingga yaqin kishi gaplashadi (2000). U 3 ta asosiy — oʻrta latish (Markaziy Latviya; bu dialekt asosida adabiy latish tili shakllangan), livon (Kurzemening shimoliy va Vidzemening shimoli-gʻarbiy qismlari), yuqori latish (Sharqiy Latviya) laxjalariga boʻlinadi. Latish tilida arxaik xususiyatlar kam, odatda, urgʻu soʻzning birinchi boʻgʻiniga tushadi; fonetik tarkibi barcha unlilarning uzun va qisqa boʻla olishi bilan harakterlidir. Latish tili yozuvi 16-asrda lotin alifbosi asosida paydo boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |