Kontent qismiga oʻtish

Latviya — Estoniya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Latviya — Estoniya munosabatlari

Latviya

Estoniya

Latviya — Estoniya munosabatlari. Latviya va Estoniya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hisoblanadi. Mamlakatlar oʻrtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil 3-yanvarda qoʻshiqchilik inqilobi tugaganidan keyin oʻrnatilgan. Latviyaning poytaxt Riga shahrida Estoniyaning elchixonasi mavjud, Estoniya poytaxti Tallin shahrida esa Latviya elchixonasi oʻz ish faoliyatini olib bormoqda. Latviya va Estoniya mamlakatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining uzunligi 333 kilometrni tashkil etadi[1]. Latviya va Estoniya mamlakatlari Yevropa qitʼasiningf Sharqiy hududlari, Boltiq dengizi atrofida joylashgan, Sobiq KIttifoq respubliklaridan birini tashkil etadi. Ikkala mamlakat ham Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi natijhasida oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgan. Latviya va Estoniya mamlakatlari Yevropa Ittifoqi tashkilotiga aʼzosi hisoblanadi.

Ikkala davlat ham uzoq umumiy tarix bilan birlashtirilgan, XIII asrdan boshlab Livoniya ordeni, Polsha-Litva ittifoqi, Shvetsiya va Rossiya imperiyasi hukmronligi ostida boʻlgan. 1945-yildan 1991-yilgacha ikkala davlat ham SSSR tarkibida boʻlgan. Hozirda mamlakatlar Boltiq dengizi davlatlari kengashi, NATO va Yevropa Ittifoqining toʻlaqonli aʼzolari hisoblanadi. 1994-yildan 2004-yilgacha mamlakatlar Boltiqboʻyi erkin savdo hududiga aʼzo boʻlgan. 2006-yilda Estoniya Latviya importini 3%ni tashkil qilgan. Estoniya Latviya importining 5%ni tashkil etgan[2]. Mamlakatlar oʻrtasida 15 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolangan boʻlib, ularning koʻpchiligi Litva bilan uch tomonlama asosda imzolangan. 1995-yil 12-fevralda uch Boltiqboʻyi davlati ikki tomonlama mudofaa shartnomasini imzoladi[3].

  1. „The World Factbook“. 2009-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-mart.
  2. [1]Andoza:Недоступная ссылка
  3. „Estonian Embassy in Riga“. 2018-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-mart.