Kontent qismiga oʻtish

Lavsan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lavsan — polietilentereftalatdan olinadigan sintetik tola. Zichligi 1380 kg/m3, — 60° gacha elastik, pishiq, namni kam yutadi, issiqqa yaxshi chidaydi. Lavsandan gazlama, elektr izolyasion materiallar, filtrlar, tasma, baliq ovlash toʻri va boshqa tayyorlanadi. Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Fransiyada tergal deb ataladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil